Tuya

Tuya (Thuja), tuyya,biota — sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil bir uyli o’simliklar turkumi. 5 turi Sharqiy Osiyo tog’larida (G’arbiy Xitoy, Koreya, Yaponiya) va Sharqiy Amerikada tarqalgan. Dare qirg’oqlari pastliklarida va botqokliklarda usadi. Daraxti balandligi 12-18 metr, ba’zida 45— 60 metrga boradi. Shoxshabbalari piramidasimon yoki konussimon. Shoxlari yotiq yoki tik ko’tarilgan. Novdalari nozik, qattiq barglari bilan birga to’kiladi. Barglari tangasimon. Urug’lari yapaloq, qanotli, smolali. Ikki turi — G’arb Tuyasi (Tuya occidentalis; bo’yi 12 metrgacha, iyunda gullaydi, 100 yildan ortiq yashaydi) va ulkan Tuya (Tuya plicata; bal. 45-60 metr, shoxshabbasi tig’iz piramidasimon, yog’ochi qimmatbaho) shaharlarni ko’kalamzorlashtirishda ekiladi.