Tenzor
Tenzor (lotincha tensus — kuchlanish, taranglash) — vektor tushunchasini umumlashtirib, bir necha ma’noda qo’llanib kelinayotgan matematik atama. Bu atama tenzorlar hisobiaya koordinatalarning bir tizimidan ikkinchi tizimiga o’tganda maxsus qonun bo’yicha o’zgaradigan miqdor (kattalik)larni bildiradi. Masalan, tutash muhitlar mexanikasida qayishqoq (egiluvchan) jismning holatini ifodalovchi miqdor (deformatsiya tenzori) yoki qattiq jism massasining olingan nuqtaga nisbatan taqsimlanishini ifodalovchi miqdor (inersiya tenzori), shuningdek, tutash jismning biror nuktasida kuchlanishlarni ifodalovchi miqdorlar (kuchlanishlar tenzori).