Qosim Shayx xonaqohi
Qosim Shayx xonaqohi – Navoiy viloyatidagi me’moriy yodgorlik (16-20-asrlar); Karmanada. Qosim Shayx xonaqohi xonaqoh, go’rxona, masjid, ayvon va boshqa xonalardan iborat. Dastlab Qosim Shayx uchun xonaqoh bunyod etilgan (1558). Shayx vafotidan so’ng xonaqoh yonidagi xonaga dafn etilgan. Xonaqoh Chortoq tarhli, qo’sh gumbazli (poygumbaz balandligi 14 metr), ichki gumbaz osti bag’allari iroqi muqarnaslar bilan to’ldirilgan. Tarzining 3 tomoni peshtoqli; Janubiy peshtoq hashamatliligi bilan ajralib turadi. 1910 yilda atrofi devor bilan o’ralib, hazira tarzida qo’shimcha binolar (ziyoratxona, masjid, ayvon va boshqa xonalar) qurilgan.