AUDIOMETRIYA
AUDIOMETRIYA (lotincha audio — eshitaman va … metriya), akumetriya — eshitish o’tkirligi (yaxshi eshitish) ni o’lchash. Eshitish o’tkirligi, asosan, tovushni qabul qilish bo’sag’asi bilan aniqlangani uchun Audiometriya inson qulog’i qabul qiladigan eng past tovush kuchini aniqlashdan iborat bo’ladi. Audiometriyaning eng oddiy usuli har xil masofada turgan inson tovushi yoki kamertonning turli balandlikdagi tovushlarini qabul qilish hisoblanadi. Audiometriya, asosan, maxsus elektr akustik asboblar — audiometrlar bilan amalga oshiriladi. Audiometrlarda tovush balandligi (100 dan 8000 Gts gacha) va kuchi (0 dan 125 db gacha) o’zgartirilib, tovush xiyol eshitiladigan holga (eshitish bo’sag’asiga) keltiriladi. Audiometriya natijalari audiogramma (egri chiziq) tarzida yozib olinadi.