Pyarnu
Pyarnu (1917 yilgacha rasmiy nomi — Pernov) — Estoniyadagi shahar. Pyarnu daryosi Riga qo’ltig’iga quyilish joy-ida. Dengiz porti va dare pristani. Dengiz bo’yi iqlim va balchiq kurorti. Yozi mo”tadil iliq (iyulning o’rtacha temperaturasi 17°), qishi mo’tadil yumshoq (yanvarning o’rtacha temperaturasi -5°); yiliga 540 mm yog’in yog’adi. Baliq konservalash, zig’ir tola to’qimachilik kombinatlari, mashinasozlik, oziq-ovqat va o’rmon sanoati korxonalari, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi, shoira Lidiya Koydulaning memorial muzeyi (1945), turistik baza mavjud. Shahar 13-asrdan ma’lum, rus solnomalarida Pernava nomi bilan tilga olinadi.
O‘xshash so‘zlar
- Pyasina
- Pyatigorsk
- Pyesa
- PYORSELL (Purcell) Genri
- Pyotr I
- Pyotr I tizmasi
- Pyotr II Alekseyevich
- Pyotr III Fyodorovich






