Pampa, Pampas
Pampa, Pampas (kechua indeyslari tilida Pampa — o’tloq) — 1) Janubiy Amerikadagi, asosan, o’t o’simliklari o’sadigan ba’zi bir tekisliklarning nomi. Aslida Argentina hududining 29-39° j.k.lar orasi va g’arbda S’erras-de-Kordova tog’larigacha bo’lgan joylar Pampa deyiladi. Yer yuzasi sharqida botqoqli pasttekislik. G’arbidadyunalar uchraydi; Janubi- sharqida tog’lar bor (eng baland joyi 1250 metr). Iqlimi subtropik, g’arbida kontinentalroq iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 19-24°, iyulniki 6-10°. Yillik yog’in 800-950 mm, g’arbida 300-500 mm. Janubdan kuchli shamol (pamperos) esib turadi. Oqar suv kam. Eng yirik daryosi — Parana va uning irmoqlari. Tuprog’i sharqida qizg’ish-qora, g’arbida bo’z-jigarrang tuproq. Hozirgi vaqtda Pampaning tabiiy o’simliklari deyarli butunlay yo’q qilinib, o’rni ekinzor (bug’doy, makkajo’xori) va yaylovga aylantirilgan. Pampa Argentinaning asosiy iqtisodiy rayoni. 2) Janubiy Amerika Janubning tekislik qismlarida o’suvchi subtropik dasht o’simliklari.