Nazirov Nabijon Nazirovich
Nazirov Nabijon Nazirovich (1931. 9.6, O’sh — 1987.6.7, Toshkent) — fiziolog, radiobiolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1981). VASXNIL muxbir a’zosi (1970), professor (1969). Totshdu ni tugatgan (1953). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’simliklar genetikasi va fiziologiyasi institutida ilmiy xodim (1956-60). 1961 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi O’simliklar eksperimental biologiyasi institutining o’simliklar radiatsion biologiya laboratoriya mudiri. Nazirov birinchilardan bo’lib ionlovchi radiasiyaning g’o’zaga ta’sirini tadqiq qildi. U xo’jalik belgilari jihatidan qimmatli bo’lgan 20 dan ortiq o’rta tolali va ingichka tolali g’o’zaning yangi liniyalari va navlari (tezpishar va serhosil an-Kattaqo’rg’on, viltga chidamli an-401, bargi tabiiy ravishda to’kiladigan an-402 va boshqalar) ni yaratdi. As: Deystvie radiasii na fiziologicheskie i bioximicheskie prosessi u xlopchatnika, T., 1969; Radiochuvstvitelnost xlopchatnika i geneticheskiy effekt ioniziruyutshey radiasii, T., 1970; Nauka i xlopok, T., 1977.