Nant

Nant — o’rtapishar sabzi navi. Butun-ittifoq sabzavot ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida yakka tanlash usuli bilan chiqarilgan (1943). O’zbekistonda 1946 yildan rayonlashtirilgan. Bargi yashil, kam tukli. Sabzisi shakli tsilindrsimon, uchi to’mtoq, uzunligi 15-16 santimetr, diametri 3,0—4,0 santimetr, yuzasi tekis, bir donasi 60-120 gramm. Eti tiniq, qizg’ish to’k, sariq, sersuv, shirin, mayin, o’zagi ingichka. Tarkibida qand 5,9%, quruq modda miqdori 11,9%, karotin 72 mg %. Hosili urug’i unib chiqqanidan keyin 80-90 kunda yetiladi. Hosildorligi 110-120 ts/ga. Yangiligida iste’mol qilinadi, konserva tayyorlanadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.