Natriy karbonat
Natriy karbonat – kaltsiylangan soda, karbonat kislotaning natriyli tuzi Na2CO3. Kub panjarali kristallardan iborat rangsiz gigroskopik modda. Suyuqlanish temperaturasi 858°, zichligi 2,5326 g/sm3L suvda 0° da 6,54%, 20° da 17,69%, 100° da 31,29% eriydi. Suvda eriganda issiklik ajralib chiqadi. Suvli eritmada 32° da Yirik tiniq Na2CO310H2O, 32° va 34,8° orasida Na2CO3H2O, 34,8° dan yuqorida Na2CO3H2O ko’rinishida kristallanadi. Natriy karbonat ochiq havoda saqlansa, SO2 ni yutib uyushib qoladi. To’qimachilik, qog’oz, shisha, neft sanoatida, sovun ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda qo’llanadi.