Nasx
Nasx — xattotlik uslubi, Arab yozuvidagi mumtoz xat uslublaridan biri. 10-asrda kufiy yozuvi zaminida yaratilgan, ixtirochisi Ibn Muqla. Kufiy yozuvi ni kitobat san’atidan butunlay siqib chiqargani uchun shu nom bilan atalgan (Nasx so’zi “o’chirish”, “bekor qilish” degan ma’noni anglatadi). Harflarning 4/6 qismi egri va 2/6 qismi to’g’ri chiziklar asosida yoziladi. Mumtoz xat uslublarida bo’lganidek bu xat uslubida “alif” (I), “dol” (j) va “lom” (j) harflarining turrasi yo’q, “to” (i) va ba’zan “lom” harfida agar undan keyin “jim” (E), “mim” (f), “XR” harflari kelsa, turra bo’ladi; “ho” harfi (j.) *. ko’rinishida yoziladi. Asosan Qur’on, hadis, tafsir ko’chirishda qo’llanilgan, keyinchalik ilmiy va badiiy asarlar ham shu yozuvda bitilgan. Turli xat uslublari ixtiro qilinganiga qaramay, Nasx xati bugungi kunda ham turli mamlakatlar matbuotida keng qo’llanilmoqda.