Nafosat

Nafosat — go’zallik turi. Narsa va hodisalarning tashqi ko’rinishi (shakli, rangi)dagi alohida mukammallikni, mutanosiblikni ifodalaydi (masalan, sportchi qiz yoki yigitning qaddi-qomati, turfa gullarning rang-barangligi). Kishilarning muomalasi, nutqi, aqli, kiyinishiga nisbatan Nafosat tushunchasi ularning nazokatli, nozik didli ekanligidan darak beradi. Nafosat badiiy adabiyotda voqelikdagi tabiatan nafis narsa va hodisalarning in’i-Kosi sifatida ifodalansa, san’atda, nimani aks ettirishidan qat’i nazar, aks ettirish uslubining nihoyatda nozik ifodaliligida, ijro usulining alohida nafisligida yuzaga chiqadi. Haqiqiy Nafosatni soxta, yasama nafislikdan ajrata bilish lozim. Yuksak insoniy fazilatlarni, xalqchil g’oya, ijtimoiy mazmunga ega bo’lgan va tabiat go’zalligini aks ettirgan Nafosatgina haqiqiy hisoblanadi.