Nukus-Toshhovuz avtomagistrali
Nukus-Toshhovuz avtomagistrali — O’zbekiston Respublikasi va Turkmaniston hududidan o’tgan xalqaro ahamiyatli yo’l. 1950-53 yillarda qurilgan. Umumiy uzunligi 152 kilometr. Nukus-Toshhovuz avtomagistrali Nukus, Taxiatosh, Xo’jayli, Ko’hna Urganch va Toshhovuz sh.larini o’zaro bog’lab, O’zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Yo’lning respublikamiz hududidagi qismi asfaltbeton bo’lib, uzunligi 36 kilometr, transport harakatining o’rtacha sutkalik qatnov jadalligi 3096 avtomobilga teng (2002).