Nur bilan isitish
Nur bilan isitish – xonalar asosan issiqlik nurlanishi va ba’zan konvektsiya orqali isitiladigan isitish turi. Bunda isitish asboblari xona shipiga, polga, devorlarga o’rnatiladi. Shu asboblardan tarqaladigan issiqlik nuri oqimi (ko’zga ko’rinmaydigan nurlar) xonani, shu jumladan, xonadagi kishilarni isitadi. Nur bilan isitishda issiqlik eltgich (tashuvchi) sifatida issiq suv, bug’, qaynoq suv, elektr energiyasi ishlatiladi. Isitish asboblari, kabel (elektr bilan isitishda) ship, devor yoki Pol ichiga joylashtiriladi. Xonadagi kishilar o’zini yaxshi his qilishi uchun ship, devor yoki Pol temperaturasi 25° dan oshmasligi lozim. Yozda Nur bilan isitish tizimidan xonalarni salqin qilishda ham foydalaniladi. Buninguchun isitish asboblari orqali sovuq suv haydaladi.