Nushich (Nuship) Branislav
Nushich (Nuship) Branislav (1864.8.10 – Belgrad – 1938.19.1) – serb yozuvchisi, dramaturgi. Serbiya Fanlar Akademiyasi akademik (1933). 1915-18 yillarda muhojirlikda yashagan. O’tkir hajviy asarlarida Serbiyada siyosiy tuturiqsizliklarni, saylovlarning soxtaligini, politsiya byurokratizmini qattiq qoralagan (“Xalq deputati”, 1883; “protektsiya”, 1888; “Oddiy kishi”, 1899 va boshqalar). “Ramazon oqshomlari” (1898, hikoyalar to’plami), “Tashula” (1902) qissasi Sharq ekzotikasi mavzuiga bag’ishlangan. Nushich “Bir ming to’qqiz yuz o’n beshinchi yil” (1916) asarida Vatanparvarlarning 1-jahon urushiga nafratini ifodalagan. “Mister dollar” (1932), “iztirob chekkan oila” (1935), “Doktor” (1936), “Murda” (1937) komediyalari Nushich satirik iste’dodining yangi parvozi bo’lgan. Nushich ijodi hajviy va yumoristik pafosining kuchliligi bilan jahon adabiyotida muhim o’rin tutadi va ko’plab yozuvchilar ijodiga samarali ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan (“tarjimai holim”, 1970; “Kikandon mashmashalari”, 1981 va boshqalar).