Nuh ibn Yazid al-Marvaziy Abu Asoma

Ma’nosi

Nuh ibn Yazid al-Marvaziy Abu Asoma (? — 789/90) — o’rtaosiyolik ilk qomusiy olimlardan biri. Marv shahrining qozikaloni bo’lgan; turli fanlarni puxta egallaganligi tufayli al-Jome laqabini olgan. U Marvda 4 ta fan: hadisshunoslik, fiqh, Arab tili grammatikasi va she’riyatidan dars bergan. Sam’oniyning yozishicha, u Marvda birinchi bo’lib hanafiya mazhabi bo’yicha to’plam (jome) tuzgan, Marvda hamda Xuroson va Iroqning boshqa shaharlarida ko’plab shogirdlari bo’lgan. Ad.: Kamoliddinov Sh. S, “Kitobal-ansab” Abu sa’da Abdalkarima ibn Muxammada as-Sam’ani kak istochnik po istorii i istorii kulturi Sredney Azii, T., 1993.

O‘xshash so‘zlar

N harfi: barcha so‘zlar