Nasaiy

Nasaiy, Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Ali ibn Shuayb ibn Ali ibn Sinon ibn Bahr al-Xurosoniy (827, Naso/ Niso shahri — 915) — muhaddis, eng ishonchli 6 ta hadis to’plamidan biri (“Sunani nisoiy”)ning muallifi. 15 yoshida Xijoz, Iroq, Shom, Misr va boshqa mamlakatlarga borib diniy fanlarni puxta o’zlashtiradi. Damashqda umaviylarga yon bosmagani sababli tazyiq ostida qoladi. Bir rivoyatga ko’ra, Makkada, boshqasiga ko’ra, Baytil-Maqdis (Quddus)da vafot yetadi. “As-Sunan al-Kubro” (“katta Sunan”) to’plami uning shoh asari hisoblanadi. Bundan tashqari, “as-Sunan as-sug’ro” (“Kichkina Sunan”) yoki “al-Mujtabo” (“Saylanma”), “al-Xasois” (“xususi- yatlar”), “Fazoil as-saxrba” (“Sahobalarning fazilatlari”), “al-Manosik” (“Marosimlar”) va boshqa kitoblarni ham yozib qoldirgan.