Nandular

Nandular, Amerika tuya qushlari (Rheiformes) — ko’krak tojsuyaksiz qushlar turkumi. Oyoqlari uch barmoqli, qanotlari rivojlangan, lekin Nandular ucholmaydi. Patlari g’ovak, yaxshi yuguradi va suzadi. 1 oila 2 turi: oddiy nandu (balandligi 170 santimetrgacha, og’irligi 25 kilogrammgacha) va Darvin nandusi, ya’ni uzun tumshuqli nandu ma’lum. Janubiy Amerika pampaslari va yarim cho’l hududlarida tarqalgan. Poligam. Tuda bo’lib yashaydi. To’dasida 3— 8 ta modasi bitta uyaga 30 ta yoki undan ko’proq tuxum qo’yib, uni 35-40 kun bosadi, jo’jalarini narlari ergashtirib olib yuradi. Nandular o’simlik barglari, novdalari va mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Go’shti va pati uchun ko’p ovlanishi, tuxumlari yig’ib olinishi tufayli soni kamayib ketgan. Asosan, chekka hududlarda saqlanib qolgan. Darvin nandusi xalqaro qizil kitobga kiritilgan.