Najmiddinov Muhiddin hoji
Najmiddinov Muhiddin hoji (1888 — Andijon — 1964) — xalq sozandasi (dutor, tanbur) va xonandasi. Bobosi Shamsiddin va otasi Najmiddin hofizlardan dutor va tanbur chalishni hamda Farg’ona — Toshkent maqom yo’llarini o’rgangan. Toji Mubtalodan “Uzzol”, “ilg’or”, “Ajam sheroziy”, “Nasrulloyi”, “Navro’zi Ajam” yo’llarini o’zlashtirgan. Ayniqsa, “Kurd”, “Cho’li kurd”, “sayqal” va boshqa kuylarni dutorda mahorat bilan ijro etgan. 1924 yil Najmiddinov Andijonda Hamza tashkil qilgan milliy musiqa to’garagida musiqa rahbari bo’lgan. O’zbek davlat kontsert-etnografik truppasi (1926— 28), Hamza teatri (1929-30)da sozanda. Samarqand viloyat musiqali drama teatri (1930-31) hamda 1931 yildan Qo’qon temiryo’lchilar teatrida musiqa rahbari. V. Uspenskiy va I. Akbarov 1931 yildan Najmiddinovdan bir qancha yirik kuy va ashulalar yozib olishgan.