Nazarov Baxtiyor Muhammadjonovich
Nazarov Baxtiyor Muhammadjonovich (1942.2.5, Namangan viloyati Nanay qishlog’i) — kino rassomi; O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1965) va Moskva kino san’ati instituti (1971)ni tugatgan. “O’zbekfilm” kinostudiyasida bosh rassom (1983-90); ayni bir paytda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida teatr va kino dekorasiyasi kafedrasi mudiri (1983-90). Nazarov “Seni kutamiz, yigit” (1971), “Shum bola” (1976), “Oltin mo’yna” (1980), “hayot mazmuni” (1985), “Sharif — Ma’rif” (1992), “Sharshara sehri” (ijrochi prodyusser, 2003) va boshqa badiiy filmlar, teatr spektakllari uchun sahna bezaklari yaratdi. Nazarov xorijiy mamlakatlar filmlariga ham dekoratsiyalar yaratgan: “Buyuk Pyotr” (AQSh, 1983), “Shaxrizodaning so’nggi ertagi” (1983— 84), “uch qirolning urushi” (Marokash- Italiya-Ispaniya, 1989), “o, muhabbat” (Hindiston, 2001) va boshqalar. Nazarov, shuningdek, dastgoh rangtasvirida ham ijod qiladi: “Olim Xo’jayev” (1973), “Lutfixonim Sarimsoqova” (1974), “Malik Qayumov” (1977) kabi portretlar; “O’zbekiston yoshlari”, “Hindiston ayollari”, “kelinchak”, “ona” kabi turkum asarlari va boshqalar.