Nansen (Nansen) Fritof
Nansen (Nansen) Fritof (1861.10.10 — Kristianiya (hoz. Oslo) yaqinida — 1930.13.5) — norveg sayyohi, okeanograf, jamoat arbobi. 1880-82 yillarda Kristianiya universitetida o’qigan. 1897 yildan o’sha universitetda zoologiya professor, Peterburg Fanlar Akaedemiyasi faxriy a’zosi (1898). 1888 yilda birinchi bo’lib chang’ida Grenlandiyaning Janubiy qismini kesib o’tib, uning ichki rayonlari butunlay muz bilan qoplanganligini aniqladi. 1893 yil Maxsus qurilgan “Fram” kemasida shimoliy qutbni zabt etish maqsadida yo’lga chiqadi va Shpisbergen oroligacha yetib bordi. 1895 yilda Nansen ekspeditsiya qatnashchisi F. Ya. Iogansen bilan “Fram”ni tark etib, ilmiy tadqiqo o’tkazish uchun qutb tomon yurdi, lekin 86°14′ sh.k.dan orqaga qaytishga majbur bo’ldi. “Fram”da okeanografik, meteorologik kuzatuvlar olib borildi, shimoliy Muz okeani sayoz emasligi aniqlandi, suzib yurgan muzlar harakatiga yerning sutkalik aylanishi ta’siri kashf qilindi. Nansen 1902 yilda Kristianiyada Markaziy okeanografik laboratoriya tashkil etdi. 1913 yilda Shimoliy Muz okeani qirg’og’i bo’ylab suzib, Yenisey daryosi quyilish joyigacha yetib bordi, undan Sharqiy Sibirning Janubiy qismi va uzoq Sharqqa sayohat qildi. 1914-18 yillarda Millatlar ligasining harbiy asirlar masalasi bo’yicha Bosh komissari bo’lgan. Nansen nomiga Arktika va Antarktikada bir qancha ob’yektlar qo’yilgan. Insonparvarlik faoliyati uchun Nansenga Nobel tinchlik mukofoti berilgan (1922).