Narzullayev Normurod

Narzullayev Normurod (taxallusi Narziy) (1934.7.7, Kasbi tumani) — O’zbekiston xalq shoiri (2000). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1984). Oxunboboyev nomidagi qarshi pedagogika bilim yurti (1948), Samarqand pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini tugatgan (1956). O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari (1974), shu uyushmada kotib (1976-81), “Yosh gvardiya” nashriyotida bosh muharrir (1981), “Kamalak” nashriyot-matbaa birlashmasining bosh muharriri (1991— 96), shu nashriyot direktori (1996-97). O’zbekiston Respublikasi yoshlari “kamolot” jamg’armasining “yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazida bosh muharrir (1997 yildan). Ijodiy faoliyati 1954 yildan boshlangan. Ilk she’riy to’plami — “Suyunchi” (1965). Narzullayev “Zarafshon zarlari” (1970), “Ufqlarda ko’zlarim” (1973), “lahza va larza” (1973), “yog’du” (1974), “nigohlar” (1976), “Sevgi sehri” (1981), “yaxshilik deb yashayman” (1987), “aniq vaqt” (1989), “Qalbim qatralari” (1994), “oq farishtam, oppoq farishtam” (1995) va boshqa she’riy to’plamlar muallifi. “Amir Temur haqida qo’shiq” asari tarixiy mavzuga bag’ishlangan. Narzullayevning bolalarga atab yozgan “Vatan seni erkalab” (1966), “shamol ushlagan bola” (1985), “Bosh maydon” (1990) asarlari bolalar dunyosi, ularning begubor olami haqida. Narzullayev asarlarida zamon va makon birligi, dunyo va davr tushunchasi ulug’lanadi, yuksak fuqarolik, samimiyat, burchga sadoqat, Vatanga muhabbat, jonajon o’lka tabiatiga maftunkorlik tuyg’ulari yetakchi o’rinni egallaydi. Narzullayevning ko’p she’rlari qo’shiqqa aylangan. “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (1998). As: Saylanma [2 j.li], 1981-85; Yurt ishqida yonaman, T., 1996; bola ko’zi bilan ko’ring dunyoni, T., 1998; xalqim, sen bilan qalbim, T., 2000.