Nikolayev Aleksandr Ivanovich
Nikolayev Aleksandr Ivanovich (1922.22.11, Ryazan viloyati — 1994.26.11 — Toshkent) — immunolog olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1979). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), tibbiyot fanlari Doktori (1962), professor (1964). 2-jahon urushi qatnashchisi, ToshTIni tugatgach (1949), shu institut biokimyo kafedrasida katta laborant (1949-50), harbiy akademiyaning maxsus kursi o’quvchisi (1950-52), Toshti, so’ngra farmatsevtika institutida o’qituvchi (1952-58), O’zbekiston onkologiya va radiologiya ilmiy tadqiqot instituti Direktori o’rinbosari (1958-68), ToshTi ning ilmiy ishlar bo’yicha prorektori (1968-75), 1975 yildan O’rta Osiyo (hozirgi Toshkent) pediatriya tibbiyot instituti biokimyo kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari umumiy immunologiya, autoimmunopatologiya va biokimyo masalalariga oid. As: Immunnie reaktsii pri ximioterapii, T., 1969; metodi opredeleniya au- Toantitel i IX Sravnitelnaya Otsenka, T., 1971 (hamkorlikda); Eksperimentalnie i klinicheskie aspekti autoimmunopatologii, T., 1974.