Norintov

Norintov — ichki Tyanshandagi tog’ tizmasi. Qirg’izistonda, Otboshi daryo vodiysi bilan Norin daryosi vodiysi orasida kenglik bo’yicha 145 kilometrga cho’zilgan. U g’arbda Otboshi daryosi orqali Qoratov va Boybichatovdan, Sharqda Jaldjar (Otboshining irmog’i) daryosi orqali Barkoldoy tog’idan ajralib turadi. Norintovning Janubda Otboshi, shimolda Nura va Jetimtov joylashgan. Norintov baland tog’ hisoblanib ayrim cho’qqilari 4500 metrdan ziyod. Tizmaning o’q qismi ohaktosh va metamorfik slanes, granitlardan tashkil topganligi tufayli qoyali, qirrali bo’lib, kichik muzliklar va doimiy qorlar bilan qoplangan. Qishi sovuq, davomli, yozi salqin va qisqa. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 18, -20°, iyulniki quyi qismida 15-17°, eng baland qismida 0° atrofida. Yillik yog’in 200-400 mm. Shim. yon bag’ri Norin vodiysiga tik tushgan. Janubiy yon bag’ri qiya, jarlar bilan o’yilgan. Asosan, tog’-o’tloq, tog’-dasht Land-shafti mavjud bo’lib, ba’zi nam ko’proq bo’lgan qismlarida Tyanshan qoraqarag’ayi o’sadi. Tik yon bag’irlari qoya va qurum toshlardan iborat.