Normandiya
Normandiya (Normandie) — Frantsiyaning shimoli-g’arbidagi, asosan, Normandiya yarim orolidagi tarixiy viloyat. Kalvados, Mansh, Er, Dengizbo’yi Senasi, Orn departamentlaridan tarkib topgan. Maydoni 29,9 ming km2. Aholisi 3,1 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Ikki iqtisodiy rayonga — yuqori Normandiya va Quyi Normandiyaga bo’lingan. Asosiy shaharlari — Ruan, Kan. “Normandiya” nomi ushbu hududni 10-asrning 1-yarmida bosib olgan normannlardan olingan. 10-13-asr boshida Normandiya — gersoglik, Angliyani Normandiya, bosib olgach (1066 yil) — ingliz qirollari mulki. 1202-04 yillarda Normandiyani Frantsiya qaytarib olgan; 1790 yilgacha viloyat maqomida bo’lgan.