Norboyeva Oydin Abdulhaqovna
Norboyeva Oydin Abdulhaqovna (1944.1.2, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1978). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1964). 1964-90 yillar Hamza teatrida, 1990-94 yillar “Ilhom” teatrida aktrisa. “Qonli sarob” (S. Azimov) spek-taklidagi Aqiqa uning sahnadagi ilk obrazi. Norboyeva ijodiga chuqur psixologik talqin, tiniq va ravon nutq, qahramonlarini romantik va yorqin bo’yoqlarda noziklik bilan ifodalash xos. Asosiy rollari: Asal (Ch. Aytmatov, “sarv-qomat dilbarim”), Unsin, Nuri (Oybek, “qutlug’qon”), Kordeliya, Dezdemona (U. Shekspir, “Qirol Lir”, “Otello”), Umida (A. Qahhor, “Ayajonlarim”), Sayyora (Uyg’un, “Abu Rayhon Beruniy”), Gerda (E.Shvars, “qor malikasi”), Anvara (O’. Umarbekov, “Qiyomat qarz”), Kamola (R. Tagor, “Gang daryosining qizi”), Masha (L. Tolstoy, “tirik murda”), Mariya Styuart (F. Shiller, “Mariya Styuart”), Antigona (Sofokl, “Antigona”), Shakuntala (Kalidasa, “yo’qolgan uzuk”), milli (A. Fugort, “bu yerda odamlar yashaydi”), Norboyeva “O’zbekfilm” va “tojikfilm” kinolarida ham o’ziga xos obrazlar yaratdi (Surayyo, “Surayyo”; Nodiya, “26-otilmasin”; Zamira, “fidoyi”; Xadicha, “Qalbingda quyosh”; Malohat, “Senga intilaman”; Taxmina, “Rustam haqida Doston”, “Rustam va Suhrob”; Xayri, “yurak amri bilan” va boshqalar). Videofilmlarda ham suratga tushgan (xadichabegim, “Bobur” va boshqalar).