Noradrenalin

Noradrenalin, norepinef rin, arterenol, aminoetanol-pirokatexin — buyrak usti bezi miya moddasi gormoni; nerv sistemasi mediatori. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra, katexolaminlarga mansub. Noradrenalin adrenalin analogi va organizmda uning o’tmishdoshi hisoblanadi. U, asosan, simpatik nerv sistemasining adrenergik neyronlaridan qоraladi va mediator vazifasini o’taydi. Noradrenalinning qondagi miqdori nerv sistemasi holatining (tonusi va reaktivligi) ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Noradrenalin tibbiyot amaliyotida qon bosimi pasayganda, shok, qon yo’qotish bilan bog’liq holatlarda qo’llanadi. Noradrenalin sintez yo’li bilan olinadi.