Na’matak

Na’matak (Rosa) — ra’nodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Bo’yi 3 metrcha. Bargi tok, patsimon murakkab, poyada ketma-ket joylashadi. Guli xushbo’y, rangi har xil, yakka yoki 2-3 tadan o’rnashgan. Mevasi shirali, shakli va rangi har xil, gul o’rnidagi soxta meva ichida tukli, bir urug’li yong’oqchalar joylashgan. Na’matak turlari bir-biridan mevasining shakli, katta-kichikligi, rangi, novda po’stlog’ining rangi hamda novdadagi tikanlarning oz-ko’pligi va joylanishiga qarab farqlanadi. Na’matak o’rmonlarda ariq yoqalarida, butalar orasida, tog’yon bag’irlarida o’sadi. Guli chiroyli turlari bog’larda, xiyobonlarda va ko’chalarda o’stiriladi. Itburun na’matak (R. canina) mevasida 4-6%, ba’zan 18% cha S, R2, K, R vitaminlari, 18 mg%cha karotin, 18% cha qand, 2% cha limon kislota, oshlovchi va boshqa moddalar bo’lib, tibbiyotda Avitaminozning oldini olish va davolashda qo’llanadi. Na’matakning manzarali turlari — atirgullardan olinadigan xushbo’y efir moyi (atirgul moyi), asosan, parfyumeriyada, undan tayyorlanadigan atirgul suvi (Aqua Rosae) farmasevtikada dorilarning hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi.