Novodevichiy monastiri
Novodevichiy monastiri – qadimgi rus me’moriy yodgorligi. Ayollar monastiri. Smolenskning olinishi sharafiga Knyaz Vasiliy III tomonidan bunyod etilgan (1524). Dastlab Moskvani Janubdan himoya qilish vazifasini o’taydigan qal’a sifatida qurilgan. 16-17-asrlarda ayollar monastiri vazifasini o’tagan. Novodevichiy monastiri turli davrlarda qurilgan kungurador devorlar (17-asr oxiri), hashamatli sobor (1524-25), oshxona, malikalar Palatasi, ibodatxona (17-asrning 80-yillari) va ko’p pog’onali kurkam qo’ng’iroqxona minorasi (1689-90) va boshqalardan iborat. Ularning qurilish usuli va me’moriy bezaklarida 17-asr rus me’morligining o’ziga xos tomonlari yorqin aks etgan. 1922-34 yillardan muzey hududining bir qismi rus madaniyatining tanikli arboblari, davlat, jamoat va harbiy arboblari va boshqalar dafn etilgan Novodevichiy qabristoniga tutash. 1994 yil boshlarida ayollar monastiri tiklangan.