Nevada
Nevada — AQShning g’arbiy qismidagi shtat. Maydoni 286,3 ming km2. Aholisi-2,2 million kishi (2002), shuning 88% shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi — Karsonsiti shahri. Yirik shaharlari: Las-Vegas va Rino. Shtat hududining aksari qismi katta havzada. G’arbida Serra-Nevada tizmasining tarmoqlari joylashgan. Iqlimi kontinental, quruq iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi —g, iyulniki 23°. Yillik yog’in 150-250 mm. Daryolari kamsuv. Chala cho’l va cho’l o’simliklari o’sadi. Nevadada axrli siyrak. Iqtisodiy jihatdan ham nisbatan kam taraqqiy etgan shtat. Kon sanoati rivojlangan. Nevadada oltin, kumush, volfram, temir, marganes, polimetall rudalari qazib olinadi. Rangli metallurgiya, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Kolorado daryosiga katta GES qurilgan. Qishloq xo’jaligida yaylov chorvachiligi yetakchi o’rinda. Koramol, qo’y boqiladi. Bug’doy, sabzavot, beda va boshqa ekinlar ekiladi. Nevada hududining bir qismi harbiy poligon. Rino shahrida Nevada universiteti bor. Turistlar ko’p keladi.