Niger
Niger — G’arbiy Afrikadagi daryo, Gvineya, Mali, Niger va Nigeriya hududlaridan oqadi. Uzunligi 4160 kilometr, havzasining maydoni 2092 ming km2. Kattaligi jihatidan Afrikada Nil va Kongo Daryolaridan keyin 3-o’rinda turadi. Leon-Liberiya qirlaridan Joliba nomi bilan boshlanib, yuqori qismida tog’lar orasidagi tor vodiylardan, so’ngra Sudan tekisliklaridan oqadi. Tekislikda ko’plab tarmoq va o’zanlarga bo’linadi, Tombuktu shahri yaqinida ular yana yagona o’zanga birlashadi. Quyi oqimida keng vodiydan oqib, Delta hosil qilib (maydoni 24 ming km2) Atlantika okeanining Gvineya qo’ltig’iga quyiladi. Yirik irmoqlari: o’ngdan — Bani, Milo, chapdan — Sokoto, Kaduna, Benue. Iyun— oktabrda, quyi oqimida Fevral—aprelda sersuv buladi. Dare yozgi musson yomg’irlaridan suv oladi. Yillik o’rtacha suv sarfi 9300 m3/sekund (maksimal 35 ming m3/sekund. Daryo yiliga 300 km3 suv, 67 million tonna loyqa keltiradi. Ayrim qismida kema qatnaydi, GES kurilgan. Baliq ovlanadi. Niger sohilida Kurusa, Bamako, Tombuktu, Niamey, Jobba, Port- Xarkort shaharlari joylashgan.