Nitraminlar

Nitraminlar, N-nitroaminlar — molekulasidagi NO2 guruqi organik radikallarga azot atomlari orqali bog’langan organik birikmalar. Nitraminlar birlamchi RNHNO2 va ikkilamchi RR’Nno2bo’lishi mumkin (bu yerda R,R’ — alkil yoki aril radikallari). Aromatik Nitraminlar, odatda, qattiq moddalar, alifatik Nitraminlar suyuqlik yoki suyuqlanishi qiyin qattiq moddalardir. Birlamchi alifatik Nitraminlar kislotalar ta’sirida spirt va azot (1)-oksid NO ga aylanadi, ikkilamchisi esa kislotalar ta’siriga chidamli, ammo kontsentrlangan H2SO4 ta’sirida aldegidlar va nitrit kislotagacha parchalanadi. Ko’pchilik birlamchi Nitraminlar ishqorlar bilan tuz hosil qiladi. Quyi Nitraminlar nihoyatda portlovchi. Nitraminlar gerbitsidlar, o’stiruvchi modda, antiseptik, fiziologik faol modda va portlovchi moddalar sifatida ishlatiladi (masalan, trinitrofenilmetilnitramin — tetril, tsiklotrimetilen-trinitramin — geksogen, tsiklotetrametilentetranitramin — oktogen).