Nitroanilinlar

Nitroanilinlar – organik birikmalar. Molekulyar modda 138,12; sariq rangli kristall moddalar. Issiq suvda, etanolda, dietilefirda, benzol, atseton, xloroformda yaxshi eriydi. Aromatik aminlar va nitrobirikmalarning xossalarini namoyon qiladi. Kuchli anorganik kislotalar bilan tuzlar beradi. 2 – va 3 – Nitroanilinlar ishqorlar b-n birga qizdirilganda tarkibidagi NH2 guruhi NH, ko’rinishida ajralib chiqib, tegishli nitrofenollarga aylanadi. Nitrolanganda Di – va po- linitroanilinlar hosil bo’ladi. Bulardan 2,4 – dinit-roanilin (molekulyar modda 183,12, suyuqlanish temperaturasi 187-188°, zichligi 1,615 g/sm3) va 2, 4, 6 – trinitroanilin (molekulyar modda 229,12, suyuqlanish temperaturasi 188— 189°, zichligi 1,762 g/sm3) ahamiyatli hisoblanadi. Mononitroanilinlar (azoaminlar) — och va to’q sariq, qizil rangli bo’yagichlar olishda, oqartiruvchi modda, pigment va korroziya ingibitori sifatida qo’llanadi. 2, 4-dinitroanilin dis-Pers azobo’yagichlar, pigmentlar i.ch.da, organik sintezda va boshqalarda ishlatiladi. Nitroanilinlar zaharli. Ko’z shilliq pardasi va teriga kuchli ta’sir qiladi, terida Pigmentlanish va ekzemaga olib keladi, yurak-tomir va Markaziy nerv sistemasiga, jigar faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi, qondagi gemoglobinni metgemoglobinga aylantiradi.