Nijniy Novgorod

Nijniy Novgorod (1932-90 yillarda Gorkiy) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Nijniy Novgorod viloyati markazi. Oka daryosining Volgaga quyilish joyida. Yirik daryo porti, temir yo’l tuguni. Aholisi 1367,6 ming kishi (1998). Mashinasozlik va metallsozlikning (avtomobilsozlik, stanoksozlik, “Metallist” va boshqalar ishlab chikarish birlashmalari, “Krasnoe Sormovo”, dizelsozlik, aviasozlik, aloka apparaturasi, televizor va boshqa zavodlar) yirik markazi. Kora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, kimyo-farmasevtika, yog’ochsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. 1985 yildan metropoliten ishlab turibdi. 9 oliy o’quv yurti (shu jumladan, universitet), 5 teatr, badiiy, M.Gorkiy, N.A.Dobrolyubov muzeylari, tarixiy-me’moriy qo’riqxona bor. Shaharga 1221 yilda asos solingan. 1341-92 yillarda Nijniy Novgorod-Suzdal knyazligining poytaxti. 1611 — 12 yillarda Nijniy Novgorodda K.M.Minin va Knyaz D.M.Pojarskiyning xalq lashkari tuzilgan. Nijniy Novgorod 1719 yildan gubernya markazi. 19-20-asr boshlarida Nijniy Novgorod ulgurji bug’doy savdosining muhim savdo-moliya markazi. Shaharda podsho Rossiyasi davridan deyarli har yili yarmarka o’tkazilib kelinmoqda. Me’moriy yodgorliklardan Kreml (16-17-asrlar), Blagoveshchensk monastiri (17-a.sr), Pechyora monastiri (17-asr), Smolenskaya (17-asr oxiri) va Rojdestvenskaya Cherkovlari saqlangan.