Neneslar muxtor okrugi
Neneslar muxtor okrugi (1977 yil 7 oktabrdan) — Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk tarkibidagi Muxtor okrug. Shimoliy iqtisodiy rayonga kiradi. 1929 yil 15 iyulda milliy okrug sifatida tashkil etilgan. Rossiya Yevropa qismining chekka shimoli-g’arbida joylashgan. Hududining asosiy qismi shimoliy Qutbiy doira orqasida. Oq, Barents, Pechora va Kara dengizlariga tutash. Kolguev va Vaygach orollarini o’z ichiga oladi. Maydoni 176,7 ming km2. Aholisi 46,6 ming kishi (1998). Rus, nenes, komilar yashaydi. 1 km2 ga 0,3 kishi to’g’ri keladi. Shahar aholisi 59,4%. Okrugda 1 shahar va 2 shaharcha bor. Poytaxti — Naryanmar shahri. Yer yuzasi asosan, tekislik, bir necha past tog’lar (kryajlar), Timan kryaji va Pay-Xoy tizmasi (balandligi 467 metrgacha) bor. Bolshezemelsk va Malozemelij tundralari botqoqlashgan. Iqlimi subarktika iqlimi, yozi salqin, qishi uzoq va sovuq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -12° dan (Janubi-g’arbda) -22° gacha (shimoli- sharqda), iyulniki 6° dan (shimolda) 13° gacha (Janubda). Yillik yog’in 350 mm gacha. To’ngib yotgan yer ko’p. Vegetatsiya davri 72-110 kun. Eng katta daryosi — Pechora. Asosan, gleyli tundra va gleyli-torfli, Janubi-g’arbda gleyli-podzol tuproqlar tarqalgan. Hududining U4 qismi tundra zonasida. Dare vodiylarida tolzorlar bor. Daryo qayirlari va Pechora deltasi o’tloq. Hududining ko’p qismi bugu uchun yaylov. Oq tulki, oq sichqon, qushlardan tundra kakligi, g’oz, o’rdaklar yashaydi. Daryo va dengizlar baliqqa boy. Sanoati yog’och tilish, baliq konserva, go’sht-sut korxonalaridan iborat. Neft, gaz, torf, qurilish materiallari konlari mavjud. Bug’uchilik bilan shug’ullaniladi, dengizdan baliq ovlanadi. Burka tikish, sovg’a buyumlari ishlab chiqarish an’anaviy kasbkorlik hisoblanadi. Yirik korxonalari: “Pechorales”, baliqchilik kombinati, Naryan-Mar yog’ zavodi va go’sht kombinati. Bosh sanoat markazi — Naryan-Mar shahri. Qishloq xo’jaligida sut chorvachiligi yetakchi o’rinda. Kartoshka, sabzavot, turneps ekiladi. Mo’ynali hayvonlar ovlanadi. Pechora daryosida kema qatnaydi. Dengiz portlari: Naryan-Mar, Amderma. Yuklar, asosan, avtomobil transportida tashiladi.