Nikosiya, Lefkosiya
Nikosiya, Lefkosiya — Kipr poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Orolning deyarli qoq markazida, Mesaoriya tekisligida joylashgan. Iqlimi subtropik, o’rta dengiz iqlimi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 10°, iyulniki 28°. Yiliga o’rtacha 360 mm yog’in yog’adi. Shahar o’rmonsiz dasht zonadagi yashil voha ko’rinishiga ega. Aholisi 270,8 ming kishi (1999, shahar atrofi bilan). Shaharga taxminan miloddan avvalgi 7-asrda asos solingan va dastlab Ledra, keyinroq Levkoteon deb atalgan. Miloddan avvalgi 58 yilda shaharni rimliklar bosib olgan va Rim imperiyasi, keyinroq Vizantiya tarkibiga kirgan. 1192-1489 yillarda Kipr salbchilari qirolligi poytaxti. 1570 yilda Usmonli turklar tasarrufiga o’tgan. 1960 yildan Kipr Respublikasi poytaxti. Nikosiya — transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro axamiyatga ega to’qimachilik, tamaki, oziq-ovqat, ko’n-poyabzal, yog’ochsozlik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik (kulolchilik) rivojlangan. Turizm markazi. Arxeologiya muzeyi, Kipr tarixi va madaniyati muzeyi, Sulton Mahmud Nikosiya shahri. Arxiepiskop saroyi. II turk kutubxonasi, kartinalar galereyasi, oliy o’quv yurtlari, teatr bor. Qal’a devori bilan o’ralgan shahar markazida me’moriy yodgorliklardan Ayo sofiya gotika sobori (hozirgi Salimiya masjidi), cherkovlar, Umariya masjidi, arxiepiskop saroyi, Bediston yopiq bozori va boshqalar saqlantan. Venetsiya qal’asidan tashqarida ko’plab zamonaviy binolar qurilgan.