Imitatsiya

Imitatsiya (lotincha imitatio — taqlid) — 1) biror narsaga taqlid qilish, o’xshatma; 2) musiqada — biron ovozda sadolangan ko’p ovozli musiqa asari kuyini boshqa (yuqori yoki past) ovozda aynan yoki o’zgacharoq qilib takrorlash. Ba’zan Imitatsiya taqlid qilinayotgan ovoz tu- gashidan oldinroq boshlanadi. Kuy bir necha ovozda navbatmanavbat takrorlanishi mumkin. Bir vaqtning o’zida ikki, uch, ba’zan undan ko’proq ovozlardagi Imitatsiyalar ham uchraydi. Fuga va Kanon kabi polifonik musiqa shakllari Imitatsiya asosida yaratiladi. O’zbekiston kompozitorlaridan A. Kozlovskiy, M. Burhonov, I. Akbarov, T. Qurbonov va boshqalar Imitatsiyadan unumli foydalanganlar.