Iskandarov Sobir

Iskandarov Sobir (1909. 11.3 -Toshkent — 1976.2.7) — kino dublyaji rejissyori. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). Leningrad sahna san’ati texnikumini tugatgan (1930). 1930 yildan “O’zbekfilm”da ishlagan. “So’nggi bek” filmida aktyor, “Makrli changal”, “tong oldidan”, “ulim qudug’i”, “Yigit” filmlarida rejissyor yordamchisi, aktyor sifatida qatnashgan. 1936 yildan rejissyor chet el filmlarini o’zbek tiliga dublyaj qilishda xizmatlari katta. “Ikki jangchi”, “tinch oqar don”, “ona kalbi”, “26 Boku komis-sari”, “Jo’ra sarkor”, “Sevgi va soqov”, “Sofiya Grushko” va boshqalar u rejissyorlik qilgan filmlardan. Iskandarov, shuningdek, o’zbek filmlarini qardosh xalqlar tillariga dublyaj qilishda ham qatnashgan.