Psixofiziologiya

Psixofiziologiya – psixik va fiziologik jarayonlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganuvchi fan sohasi. P.ning asosiy vazifasi psixofizik masalani ilmiy hal qilishdan iborat. “Psixofiziologiya” terminini 1830 yilda frantsuz faylasufi N. Massias (1764-1848) qo’llagan bo’lsada, nemis psixologi V. Vundt Psixofiziologiya asoschisi hisoblanadi. Sezgi organlari Psixofiziologiyasi birmuncha keng tarqalgan va ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan. Ayni shu sohada ilmiy tadqiqotning juda aniq metodlari qo’llanilgan va ko’pgina muhim psixofiziologik qonuniyatlar belgilangan. Psixofiziologiya masalalarini psixologlar ham, fiziologlar ham, shuningdek, boshqa shularga yaqin fanlar vakillari o’rganadilar. Psixofiziologiya va differentsial psixologiya orasida differentsial Psixofiziologiya paydo bo’ddi va jadal rivojlanib bormoqda.