“Presstij”

“Presstij” — ishbilarmon va tadbirkorlarning haftalik reklama jurnali. Toshkentda 1995 yildan rus tilida nashr etiladi. Muassislar; “Mir ekonomiki i prava” nashriyot uyi va “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasi. Haftaning har dushanba kunlari 96 sahifada chop etiladi. Asosan, ishbilarmonlik, tijorat xabarlari, reklama e’lonlari, maslahatlar, tovar bozorlari va birja ko’rsatkichlari haqida ma’lumotlar, xizmatlar turlari, ishlab chiqarish mahsulotlari, ofis xizmati va boshqalar haqida e’lonlar beriladi. Bundan tashqari, “Presstij” markasi ostida “Chastniy sektor”, “Presstij TV”, “TV plyus” ilovalari ham chop etiladi.