Pedipalpalar

Pedipalpalar (lotincha Pedis — oyoq va palpas — paypaslagich) — oyoqpaypaslagichlar, xeliseralilar boshko’kragidagi 2-juft og’iz organlari. Ko’pchilik xeliseralilarda Pedipalpalarning asosiy bo’g’imi (Koksa)dagi chaynovchi jag’o’simtasi oziqni maydalashda ishtirok etadi; boshqa bo’g’imlari esa yirik qisqichga (qilich dumlilar, chayonlar, soxta chayonlarda) aylangan. Pedipalpalar oyoqlarga o’xshash bo’lib, tuyg’u vazifasini bajaradi (solpuglar); uchki qismida tirnog’i va bo’g’imlarida piglari (pichano’rarlar, ayrim kanalar) bo’ladi. Voyaga yetgan erkak o’rgimchaklarda Pedipalpalar urug’larini olib yuradigan bo’shliqqa aylangan.