Pelengator

Pelengator — dengiz va havo navigatsiyasida tashqi mo’ljallar (qirg’oqdagi yoki suzuvchi ob’yektlar, osmon yoritqichlari va boshqalar) ga tomon yo’nalishlar burchagini aniqlash uchun muljallangan asbob. Mo’ljal (ob’yekt)larning fizik xossalariga qarab Pelengatorning optik, radiotexnik, akustik va boshqa xillari qo’llanadi. Dengizda kemalarning, havoda uchish apparatlarining to’qnashib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun, samolyotlarning uchishini boshqarish va qo’nishida, kosmik kemalarni yumshoq tutashtirishda, navigasiya asboblari ko’rsatishlariga tuzatish kiritish va boshqa maqsadlarda Pelengatordan keng foydalaniladi. Pelengator meteorologiyada ham ishlatiladi.