Pentlandit
Pentlandit — sulfidlar sinfiga mansub mineral, temir nikel kolchedani. Birinchi bo’lib ingliz sayyohi J. Pentlend (1797-1873) topgan (nomi shundan).Kimyoviy tarkibi (Fe, Ni),S8. Pentlanditda 32,55% temir, 34,22% nikel, 32,33% oltingugurt hamda aralashma holida 3% gacha so bo’ladi. Tarkibida 49% gacha so bo’lgan Pentlandit kobalt- pentlandit deyiladi. Kub sistemada kristallanadi. Metalldek yaltiroq; och jezsimonsariqtusda. Qattiqligi 3— 4, zichligi 4500-5200 kg/m3. Asosli va o’ta asosli otqindi jinslar (gabbronoritlar, piroksenitlar va boshqalar) bilan genetik bog’langan sulfid rudalari konlarida uchraydi. Nikel rudalari olishda asosiy xom ashyo hisoblanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Pentod
- Penya
- Penza
- Penza viloyati
- Penzias (Penzias) Arno Allan
- Pepsin
- Peptid bog’lar
- Peptidazalar, dipeptidazalar, polipeptidazalar











