ATSETALLAR haqida bilasizmi?
ATSETALLAR — aldegidlarning gidratlangan oddiy efirlari. Rangsiz, xushbo’y suyukliklar. Organik erituvchilarda yaxshi, suvda juda yomon eriydi. Atsetallar temir (III)-xlorid (FeCl,) yoki mineral kislotalar ishtirokida aldegidlarni spirtlar, ortoefirlar yoki tetraalkoksisilanlar bilan qizdirib olinadi. Sanoatda atsetaldegidning atsetali — atsetilendan olinadi. Atsetallar atir-upa sanoatida, flotoreagent, plastifikator va surkov moylari sifatida keng ishlatiladi.
O‘xshash so‘zlar
- ATSETAMID haqida bilasizmi?
- ATSETANILID haqida bilasizmi?
- ATSETAT TOLA nima deganini bilasizmi?
- ATSETATLAR nima deganini bilasizmi?
- ATSETIL PEROKSID nima deganini bilasizmi?
- ATSETILEN nima deganini bilasizmi?
- ATSETILLASH nima degani?
- ATSETILSALISIL KISLOTA nima degani?











