Planetalogiya
Planetalogiya (Yunoncha planets — kezib yuruvchi va … logiya), sayyorashunoslik — Quyosh sistemasidagi sayyoralar va ularning yo’ldoshlarini o’rganish bilan shug’ullanuvchi fanlar majmui. Planetalogiya sayyoralar va yo’ldoshlarning fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, ichki va tashqi qobiqlari xususiyatlarini o’rganadi. Planetalogiya quyidagi bo’limlardan iborat: planetar geologiya, selenologiya (oyni), areologiya (Marsni), germesologiya (Merkuriyni) va afrologiya (venerani) tadqiq qiladi. Planetalogiya 1950 yillarda SSSR da shakllangan; 1955 yilda astrogeologiya (1962 yildan planetologiya) komissiyasi, 1968 yilda Xalqaro Planetalogiya assotsiatsiyasi tuzildi. Kosmik tadqiqotlar bilan bog’liq Planetalogiya alohida rivojlandi.
O‘xshash so‘zlar
- PLANETAR TUMANLIKLAR
- Planetariy
- Planimetr
- Plank (Planck) Maks Karl Ernst Lyudvig
- Plank doimiysi
- PLANK NURLANISH QONUNI
- Plankton
- Planshayba











