Pnevmatoliz

Pnevmatoliz, pnevmatolit (Yunoncha pneumatos — yengil shabada va lysis — ajralish, erish) — magmadan ajralib chiqqan rudali elementlar, gazlar va suv bug’lariga boy suyuqliklarning tog’ jinslari bilan o’zaro reaktsiyaga kirishib, turli minerallar hosil bo’lishi. Suyuqlik tarkibida qalay, fosfor, oltingugurt, xlor, ftor, margimush, volfram, berilliy, litiy, molibden va boshqa elementlar bo’ladi. Magmaning keyinchalik sovishi natijasida suv bug’lari va gazlar suyuqlikka aylanib, gidrotermal jarayon yuzaga keladi. Pnevmatoliz natijasida pnevmatolit konlar shakllanadi.