Polsha-Turkiya urushlari
Polsha-Turkiya urushlari (17-asr) — Rech Pospolita bilan Usmonli turk imperiyasi o’rtasida 1620-21, 1672-76, 1683-99 yillar (1683-99 yillardagi Avstriya-Turkiya urushining bir qismi)dagi urushlar; asosan, ukrain yerlariga ega bo’lish uchun olib borilgan. 1698-99 yillardagi Karlovis kongressi qaroriga ko’ra, Rech Pospolita 1676 yildan Usmonli turk imperiyasi qo’lida bo’lgan o’ng qirg’oq Ukrainasi va Podoliyani olgan.