Iliesku ion
Iliesku ion (1930.3.3, Oltenitsa) — Ruminiya davlat va siyosat arbobi. Buxarest politexnika institutini tugatgan. 1946-67 yillarda Ruminiya kommunistik yoshlar Ittifoqi MK, talaba kommunistlar assotsiatsiyasi ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan. 1957 yildan Oliy milliy Majlis deputati. 1967-71 yillarda Ruminiya kommunistik yoshlar Ittifoqi MK birinchi kotibi va yoshlar ishlari bo’yicha vazir. 1968 yildan Ruminiya KP MK a’zosi. 1971 yildan Ruminiya KP MK kotibi. 1974-79 yillarda uezd partiya komitetlarida ishlagan. 1979-84 yillarda suv xo’jaligi milliy kengashi raisi, hukumat a’zosi. N. Chaushesku siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun 1984 yil Ruminiya KP MK tarkibidan, Oliy milliy Majlis deputatligidan chiqarilgan. Ilmiy-texnika adabiyotlari nashriyoti direktori bo’lib ishlagan. 1989 yil 26 dekabrdan N. Chaushesku ag’darilgandan keyin tuzilgan Milliy qutqarish fronti kengashi raisi, 1990 yil 13 Fevraldan muvaqqat milliy kelishuv kengashi raisi. 1990-96 yil va 2000 yil dekabrdan Ruminiya Prezidenti.