ATSETILXOLIN
ATSETILXOLIN (Acetylcholinum) -yuksak fiziologik ta’sirga ega biologik amin, xolinning atsetat efiri, rangsiz organik modda, mediatorlardan biri. Nervda va neyromuskullar sinapsida hosil bo’ladi. Kimyoviy toza Atsetiloxolin asosan tuz holida uchraydi. Havoda turishi bilan namlanib suyuqlanadi. Suv, spirt va xloroformda yaxshi eriydi, efirda erimaydi. Umurtqali va ko’pchilik umurtqasiz hayvonlarning to’qimalarida bo’ladi. Nerv sistemasi faoliyatida katta o’rin tutadi. Atsetiloxolinning biologik funktsiyasi nerv uchlaridan impulsni muskullarga va sinapelarda qo’zg’alishni o’tkazish bilan bog’liq. U doimo nerv uchlarida sintezlanib, impuls o’tkazilgach atsetil xolinesteraza fermenti ta’sirida parchalanadi. Atsetiloxolin xolinergik neyrotransmitter sifatida ta’sir ko’rsatadi, muskullar qisqarishini qo’zg’atadi. Hayvonlar organizmiga Atsetiloxolin kiritilsa, yurak urishi susayadi, qon bosimi pasayadi, me’da va ichak faoliyati tezlashadi. Atsetiloxolin ba’zi tomir kasalliklarida, miya tomirlari spazmi, oyoq-qo’l tomirlari emboliyasi, shuningdek paroksizmal taxikardiyada qo’llaniladi.