Isrofil

Isrofil — Islomda to’rt bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Mikoil bilan birga). Rivoyatga ko’ra, Isrofil oxirat kuni haqida xabar berib karnay chaladi. U gunohkorlarning do’zaxda qiynalayotganliklarini ko’rib kunduzi 3 marta, kechasi 1 marta yig’lar ekan. Isrofil haqidagi afsonalar Islomga yahudiy-xristian manbalaridan kirgan. Bibliyada Serafiil nomi bilan ma’lum bo’lgan.