ASIDIMETRIYA
ASIDIMETRIYA — kislota miqdorini aniqlashda asosiy analiz neytrallanish reaktsiyasiga asoslangan usul. Asidimetriyada tarkibida karbonat ionlari bo’lmagan aniq kontsentrasiyali ishqor eritmasi indikator qo’shilgan kislota eritmasiga oz-ozdan quyiladi. Ekvivalent nuqtaga erishilgach, quyilgan ishqor hajmi o’lchanadi. Ishqor eritmasi fenolftalein indikatori ishtirokida oksalat kislota bilan titrlanadi.